1. Fuqarolik pasporti yoki ID karta
2. Bakalavriat bosqichini tamomlaganligi to'g'risidagi diplom ma'lumotlari
3. Xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Ariza bosqichlari
1
Tizimdan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza topshirish
Tizimdan telefon raqami yoki ONE ID orqali ro‘yxatdan o‘ting va shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘ldiring hamda ariza qoldiring.
2
Ariza ma'lumotlarini tekshirish
Ariza ma'lumotlari topshirilgan ta'lim tashkiloti tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
3
Diplom ma'lumotlarini tasdiqlash
Arizachining diplom ma'lumotlari bitirgan ta'lim tashkiloti tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi, agarda diplom Hemis, DiplomEdu hamda Nostrifikatsiya bazalarida mavjud bo'lsa, diplom avtomatik tasdiqlanadi.
4
To'lovni amalga oshirish
Diplomingiz tasdiqlangandan so‘ng, imtihonda ishtirok etish uchun test to‘lovi (bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi) bo‘yicha hisob-fakturani olishingiz mumkin.
5
Qabul e'lonlari
Abituriyentlarni ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limga qabul qilish bo'yicha e'lonlar va yangiliklar Akademiyaning rasmiy veb-sayti (https://proacademy.uz) hamda ijtimoiy tarmoqlari orqali e'lon qilib boriladi.