
8 May 2026Home.newsPage.views
Ochiq muloqot: vazir va yoshlar uchrashuvi
7-may kuni Toshkent davlat transport universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov oliygoh talabalari hamda Mirobod tumanidan biriktirilgan yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Muloqotda vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov davlatimiz rahbarining joriy yilning 24-fevral kuni yoshlar bilan oʻtkazgan uchrashuvida belgilab berilgan muhim vazifalarga toʻxtaldi. Taʼkidlandiki, bugungi kunda yoshlarni xorijiy tillar va zamonaviy kasb-hunarga oʻrgatish, ularning istiqbolli startap loyihalarini moliyalashtirish vazirlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.