
28 Aprel 2026Home.newsPage.views
🏃♂️🏃♀️ “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqalari davom etmoqda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, Markaziy Osiyo yurish va yugurish akademiyasi hamda Talabalar sporti assotsiatsiyasi hamkorligida talaba-yoshlarni sog‘lom hayot tarziga targ‘ib qilish, ularning doimiy sport bilan shug‘ullanishini ta’minlash maqsadida “Talaba — yugur” ko‘ngillilar yugurish sport musobaqasi o‘tkazib kelinmoqda.
26-aprel kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida joylashgan Imom al-Buxoriy majmuasi hududida “Silk Road Samarqand”, “Talaba – yugur” hamda “Inson uchun” shiorlari ostida navbatdagi ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.