
Vazir “Alpomish” muz saroyida o‘tkazilayotgan musobaqalarni ko‘zdan kechirdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bugun “Alpomish” muz saroyida o‘tkazilayotgan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasidagi musobaqalar jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Vazir festival dasturidan o‘rin olgan zamonaviy texnologiyalar va muhandislik yo‘nalishidagi bellashuvlarni ko‘zdan kechirdi. Jumladan, Tiny Whoop, dron futbol (soccer), robot-sapyor, Robo War, Robo War Mini, gumanoid robotlar, robo futbol, robo sumo, robo follower, WRO RoboMission, chip dizayn, Robo Coders, 3D modellashtirish hamda mexanizmlar estafetasi kabi musobaqalar bilan tanishildi.
Shuningdek, yosh muhandislarning innovatsion ishlanmalari, robototexnika yechimlari va amaliy loyihalari ko‘zdan kechirilib, ularning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.