
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!
Bolalar – xalqimizning eng bebaho boyligi, Vatanimizning ertangi kuni va Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchidir.
Bugun mamlakatimizda har bir bolaning sifatli ta’lim olishi, o‘z iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi, sog‘lom va baxtli voyaga yetishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Zamonaviy bog‘chalar, maktablar, ijod va sport markazlari, innovatsion ta’lim loyihalari ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan barcha bolajonlarni samimiy tabriklaymiz. Ularning qalbida ezgulik, mehr-oqibat, ilmga intilish va Vatanga muhabbat tuyg‘ulari yanada mustahkam bo‘lishini tilaymiz.
Farzandlarimizning beg‘ubor kulgusi, yutuq va muvaffaqiyatlari yurtimiz taraqqiyotining eng katta ilhom manbayi bo‘lib qolaversin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!