
“Barkamol avlod” sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi
“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning yopilish marosimidan so‘ng akademik litsey hamda kasbiy ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida 2025-yil noyabr – 2026-yil may oylarida o‘tkazilgan “Barkamol avlod” sport musobaqalarining Respublika final bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqalar dzyudo, badminton, yengil atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, belbog‘li kurash, shaxmat-shashka, voleybol, basketbol, stol tennisi, streetball, street workout, futbol va gandbol kabi jami 16 ta sport turi bo‘yicha tashkil etildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Toshkent shahri, 2-o‘rinni Buxoro viloyati, 3-o‘rinni esa Xorazm viloyati jamoalari qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar maxsus diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.