
14 May 2026Home.newsPage.views
Vazir qoraqalpogʻistonlik talabalar bilan muloqot qildi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan qoraqalpogʻistonlik talaba-yoshlar uchun poytaxtimizning tarixiy va zamonaviy maskanlariga maʼrifiy sayohat tashkil etildi
Madaniy sayohatning ikkinchi qismi “Toshkent City” hududida davom etdi. U yerda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov qoraqalpogʻistonlik talabalar bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida mamlakatimizda talabalar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, taʼlim sifati va yoshlarning intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar xususida atroflicha fikr almashildi.