
29 Aprel 2026Home.newsPage.views
"Kelajak muhandislari": Robo Sumo musobaqasi
"Alpomish" muz saroyida robototexnika muhandisligi yo‘nalishidagi musobaqalardan biri — “Robo Sumo” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 101 nafar yosh muhandislar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda namoyon etib, innovatsion yondashuvlari bilan bellashmoqda.
“Robo Sumo” — bu ikki to‘liq avtonom robot o‘rtasida maxsus dumaloq ringda o‘tkaziladigan bahs bo‘lib, unda asosiy maqsad raqib robotni ringdan chiqarib yuborish yoki uni harakatsiz holatga keltirishdan iborat.
Mazkur yo‘nalish ishtirokchilardan strategik fikrlash, tezkor qaror qabul qilish va puxta muhandislik yondashuvni talab etadi. Har bir robot oldindan ishlab chiqilgan dastur asosida mustaqil harakat qiladi va jang davomida inson aralashuvisiz bellashadi.