
✴️Surxondaryoda “Talaba Expo–2026”: Kelajak kasbi va ish joyingizni bugun toping!
📣 Bugun Termiz shahrida yoshlar, talabalar va bo‘lajak mutaxassislar uchun yirik imkoniyatlar eshigi ochiladi! “Talaba Expo–2026” kasb ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlamoqda.
⚫️ Real ish beruvchilar: Nufuzli korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan yuzma-yuz muloqot;
⚫️ Bo‘sh ish o‘rinlari: O‘zingizga mos ish yoki haq to‘lanadigan amaliyot (stajirovka) topish imkoniyati;
⚫️ Biznes va moliya: O‘z tadbirkorligingizni boshlash uchun moliyaviy maslahatlar va grantlar;
⚫️ Karyera starti: Professional muhitda birinchi aloqalarni o‘rnatish.
📆 Qachon: 29-aprel (bugun!)
⛳ Qayerda: Termiz shahri, “Bobur” istirohat bog‘i.
📨Tashkilotchilar:
O‘zbekiston milliy banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi.
‼️ Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Surxondaryoning eng faol yoshlari bugun shu yerda jam bo‘lishadi. O‘z kelajagingizga bugundan investitsiya qiling!